Harbiy xizmatchilarning farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi

0
949

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida, mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, jangovar-xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, oʻz mustaqil Vataniga sodiq boʻlgan, harbiy mahoratni mukammal egallagan, malakali va yuqori intizomli harbiy xizmatchilarimizning farzandlariga, imtiyoz asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha Mudofaa vazirligiga qarashli Navoiy viloyatidagi harbiy qismlarning birida Navoiy shahar va Karmana tumanida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bir guruh farzandlariga respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda harbiy qism rahbariyati, Navoiy harbiy prokuraturasi, “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari, “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbirda davomida soʻzga chiqqanlar Mudofaa vazirligi tizimida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga nisbatan mustahkam ijtimoiy himoyaning amalga oshirilayotgani haqida batafsil maʼlumotlar berib, barcha yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga kirishida ulkan zafarlar tiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting