Vatanparvarlikni uygʻotuvchi festival

10

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiylari tomonidan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi shaharcha yoshlari ishtirokida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Madaniyat markazida boshlangan tadbirda okrug boshqaruv apparati harbiylari, tuman hokimligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar yurtimizda boʻlayotgan izchil islohotlar va bunda yoshlarning tutgan oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi. Qarshi garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi kuylar barchaning kayfiyatini koʻtargan boʻlsa, Vatan himoyachilari tomonidan koʻrsatilgan jangovar koʻrgazmali chiqishlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Sport maydonida terib qoʻyilgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni kuzatayotgan oʻquvchilarning aksaryati dilida harbiy xizmatni oʻtash va harbiy boʻlish fikri uygʻongani, shubhasiz.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati