Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlarida kuchli iroda va gʻalabaga boʻlgan ishonch…

15

Xalqimiz Vatan taqdiri uchun kurashgan insonlarni hech qachon unutmaydi.

Chindan ham, Ikkinchi jaxon urushi davrida jang maydonlarida kuchli iroda va gʻalabaga boʻlgan ishonch bilan kurash olib borgan va frontortida tinchlik va ozodlik uchun qahramonlarcha kurashgan yurtdoshlarimiz eʼtirofga munosibdir.

Soʻngi yillarda Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi tashabbusi bilan Andijon viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Andijon harbiy prokuraturasi, nuroniylar, qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar birgalikda Samsovoy ota Maqsudov xonadoniga tashrif buyurdilar.

Hozirda Andijon shahrining Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini Sanoat koʻchasi 25 uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Samsovoy ota Maqsudov bu yil 98 bahorni qarshi oladi. Otaxonning Ikkinchi jahon urishida oʻzbek xalqining koʻrsatgan qahramonliklari hech qachon yodidan koʻtarilmaydi.

Sharqiy xarbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan otaxon har doim qoʻllab-quvvatlanadi.

Ha, millionlab insonlar qirgʻinbarotga uchragan oʻsha janggohlardan omon qaytib kelgan urush faxriylariga koʻrsatilayotgan bu kabi gʻamxoʻrlik, izzat-ikrom  qalbimizni quvonchga toʻldiradi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati