Aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulayliklarni oshirish boʻyicha koʻrsatma berildi

13

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Maʼnaviyat va maʼrifat markazini borib koʻrdi.

Bu markaz binosi 1980-yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar toʻgaraklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan toʻla foydalanilmayotgan edi.

Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida koʻngilochar maskan tashkil etish zarurligini taʼkidladi.
Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib koʻrdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish boʻyicha koʻrsatma berildi.