Harbiy qismlarda yangi oʻquv yilining ochilishiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi

0
947

Bugun, 1-may kuni yurtimizdagi barcha harbiy qism va muassasalarda yangi 2023/2024-oʻquv yiliga bagʻishlangan tantanali ochilish marosimlari boshlandi. 

Surxondaryo viloyati Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda oʻtkazilgan tantanali tadbirda mudofaa vazirining jangovar tayorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodir Tursunov ishtirok etib, shaxsiy tarkibga Mudofaa vazirining oʻquv yiliga bagʻishlangan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlardan biri Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimini Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov ochib berar ekan, joriy oʻquv yilida Mudofaa vazirligining barcha harbiy qism va muassasalari qatorida mazkur harbiy qism harbiy xizmatchilari ham bor kuch-gʻayratini jonajon Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi va yaxlitligini taʼminlashga yoʻnaltirgan holda yuqori marralarni oʻz oldiga maqsad qilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Tantanali tadbir davomida yangi oʻquv yilida shaxsiy tarkibga oʻquv davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berilib, harbiy xizmatchilar oʻquv nuqtalari bilan yaqindan tanishtirib oʻtildi.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida 2023/2024-o‘quv yiliga bag‘ishlab o‘tkzilgan tantanali ochilish marosimda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev ishtirok etdi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting