Andijonda harbiy xizmatchilar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

0
1328

Mudofaa vazirligining sport tadbirlari kalendar-rejasiga asosan joriy yilning iyun oyida vazirlik miqyosida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sharqiy harbiy okrug terma jamoalarining mazkur musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada rivojlantirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, natijalar samaradorligini oshirish, shuningdek, sportchilarni saralab olish maqsadida Andijon garnizonidagi harbiy qismda okrug qoʻshinlari miqyosida bellashuvlar o‘tkazildi.

Okrug birinchiligi musobaqalarida harbiy qism va muassasalarning oʻnga yaqin terma jamoalari gʻoliblik uchun toʻp surdi. Uch kun davom etgan musobaqa qiziqarli oʻyinlarga boy boʻldi. Jamoalarning ishtiroki hakamlar hayʼati tomonidan shaffoflik bilan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrinni Namangan garnizonidagi harbiy qism, 2-oʻrinni Fargʻona garnizonidagi harbiy qism terma jamoalari egalladi. Faxrli birinchi oʻrin esa Margʻilon shahrida joylashgan harbiy qism jamoasiga nasib qildi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalarida ham sportchilar aniqlandi.

Gʻoliblar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining esdalik sovgʻalari va medallar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting