Toshkentda muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod keltirdi

0
1805

Bugun, 23-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi oʻtkazildi.

Xususan, poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” majmuasida oʻtkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov yigʻilganlar eʼtiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar yurt osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlagan oʻgʻlonlarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Asosiy tadbirdan soʻng konsert dasturlari namoyish etilib, askarlarga oila a‘zolari bilan ko‘rishishga ruxsat berildi. 

Vatanga qasamyod tadbirlari viloyatlarda davom etmoqda. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti