Tinchlik va vatanparvarlik mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

15

Termiz garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida Imom at-Termiziy xalqaro tadqiqot markazi konfrensiya zalida “Diniy ekstremizm va terrorizmning tinchlik va barqarorlikka taʼsiri” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olgan podpolkovnik Zufar Yusupov, Imom at-Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Joʻrabek Choʻtmetov, Boysun tumani Jome masjidi Imom-xatibi Almurod Toshmatov, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Bogʻzor mahallasi Xotin-qizlar masalalari, kelin va kuyovlar, qaynonalar oldida turgan masalalarni hal qiluvchi nuroniy onaxon Robiya Xoji aya Tulyakova va boshqalar yoshlarga, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiya va tushunchalarni berishdi.

Tadbir davomida Ilmiy tadqiqot markazining ochilishi toʻgʻrisidagi va mavzuga doir videofilmlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti