Maxsus referendum uchastkalari komissiya a’zolari uchun uslubiy seminar

0
675

Mudofaa vazirligi qo’shinlarida tuzilgan maxsus referendum uchastkalari komissiya a’zolarining mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonni tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlarini oshirish bo’yicha uslubiy seminar o’tkazildi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyi va Mudofaa vazirligi markaziy apparatida tashkil etilgan tadbirlarda Markaziy saylov komissiyasi doimiy a’zosi Bahodir Yunusov taqdimot orqali referendumni o’tkazish bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish va ma’lumot berdi.

 

Videokonferens-aloqa tarzida o’tkazilgan uslubiy mashg’ulotlarda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bosh boshqarmasi ofitserlari va hududlardagi maxsus referendum uchastkalari komissiya a’zolari qatnashib, o’zlarini qiziqtirgan savolga mutaxassisdan to’liq va aniq javob oldilar.

Tadbir so’ngida Mudofaa vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorlik sifatida Markaziy saylov komissiyasi doimiy a’zosi B.Yunusovga tashakkurnoma topshirildi.

Katta leytenant Dilshod RO’ZIQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting