Yurt fidoyilarining oilalari holidan xabar olindi

0
657

Markaziy harbiy okrugning Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi harbiy xizmatchilar xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari, urush faxriylari, nogironligi bor xonadonlar va bemorlar holidan xabar oldi.

Dastlab harbiy xizmatchilar Vatan tinchligi yo‘lida mardonavor kurashib, jasorat ko‘rsatgan marhum qahramonlarimizning uylariga iftorlik vaqtida tashrif buyurib, ularning onalari va turmush o‘rtog‘lariga o‘z sovg‘alarini topshirdilar.

Xonadonlarda yurt o‘g‘lonlari marhum harbiy xizmatchilarning yaqinlari, farzandlari mard va jasur harbiylarimiz xizmati davomida erishgan yutuqlarini xotiralashdi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yolg’iz qariylar va nogironligi bor xonadonlarda ham bo‘lib, mehr-muruvvatga muhtoj yurtdoshlarimizga ko‘maklarini ayamadilar. 

Ta’kidlash kerakki, bunday tadbirlar harbiy okrug bo‘ylab keng ko‘lamda davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting