Ikkinchi jahon urushi faxriysining harbiylarga nasihati

970

Bugun, 15 fevral kuni Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i tibbiy xizmat polkovnigi Abduvohid Azimov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, muddatli harbiy xizmatchilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qurbon ota Sattorov xonadonida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida Qurbon ota Sattorov bilan dildan suhbat qilinib, xotiralar yodga olindi. Urush vaqtlarida bo‘lib o‘tgan voqealar eslandi.

Shundan so‘ng, Farg‘ona harbiy gospitali tomonidan Qurbon otaga sog‘ligini yanada mustahkamlashi uchun dori-darmonlar topshirildi va u kishining sog‘liklari doimiy ravishda nazoratda ekanligi aytib o‘tildi.

Albatta, Vatan qahramonlari hamda yoshi ulug‘ keksalar eьzozda bo‘lmog‘i, ularning nasihatlariga esa hayot yo‘llarimizda doimo amal qilmog‘imiz lozim.

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati