Angren shahridagi harbiy qismda bir guruh nuroniylar yurt o‘g‘lonlari bilan uchrashdi

567

Angren shahridagi harbiy qism va “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida 50 dan ortiq nuroniylar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy keksalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini uyg‘otish, buyuk tariximiz va ota-bobolarimiz merosini chuqur targ‘ib qilish, harbiy xizmatni nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Tadbir davomida nuroniylar harbiy qismga tashrif buyurib, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan dildan suhbatlashdilar.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati