Kataqo‘rg‘onda “Balli ayollar” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi

984

Kattaqo‘rg‘on garnizonida “Men namunali harbiy oila bekasiman” shiori ostida “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda jamiyatning ajralmas qismi sanaladigan zamonaviy oilani rivojlantirish, oila institutini yanada mustahkamlash, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni yangi bosqichlarga ko‘tarish, namunali oilaning mezonlarini belgilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmokda.


Tanlov davomida ana shu mezonlarga amal qilindi. Unda ishtirok etgan harbiy oila bekalari barcha shartlar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyish qilishdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari xolisona baholab borildi. Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Baxtigul Saidova, 2-o‘rinni Mahliyo Jakbarova, 3-o‘rinni Dilshoda Bahromova qo‘lga kiritdi.
Birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan Baxtigul Saidova tanlovning okrug bosqichiga yo‘llanmaga ega chiqdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti