“Oila – Vatan ichra Vatan” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida “Oila – Vatan ichra Vatan” mavzusida komendantlik vzvodi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari bilan davra suxbati o‘tkazildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtmoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan madaniy- maishiy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yildan-yilga yaxshilanib borayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.


Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad harbiylar oila a’zolarining kundalik hayoti, ayollar orasida sog‘lom turmush tarzini yaxshilash, oilaviy hayot, oilani jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashdan iborat.
Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati va psixologik treninglar tadbir ishtrokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Nozima MAMATOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O'rtoqlashing
Oldingi yangilikKeksalar hamisha eʼzozda