Harbiy gospitalda Bobur tavalludining 537-yilligi munosib nishonlandi

962

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalidabuyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligini munosib nishonlash maqsadida shifokor va hamshiralar hamda davolanuvchilar ishtirokida ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.

Soʻzga chiqqanlar Temuriylar sulolasi vakili Bobur Mirzoning shox va shoir sifatidaqilgan ishlari, oʻzidan keyin qoldirgan boy merosi haqida gapirib, uning asarlarinioʻqib-oʻrganishinson maʼnaviy dunyosining boyishigaxizmat qilishini taʼkidladilar.

Eʼtirof etish kerak, isteʼdodli shoir hamda davlat arbobi,adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan.U ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrsatib, homiylik qilgan hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borgan.

Shoirning ijod namunalari ustida kechgan qizgʻin bahs-munozaralar mazkur tadbirning koʻtarinki ruhda oʻtishiga sabab boʻldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti