Alisher Navoiy va Boburga ehtirom!

1

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyidaAlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Kechani Chilonzor tumani 7-sonli boshlangʻich musiqa va sanʼat maktabi doirachilari guruhi ochib berdi.Ulugʻ allomalar ijodi haqida filologiya fanlari nomzodi Yusuf Tursunov qiziqarli maʼlumotlarniaytib berdi.

Tadbirning badiiy qismida Maxsus avariyatiklashboshqarmasining “Impuls” ansanbili xonandalaridiltortar gʻazallarga bastalangan kuy-qoʻshiqlardan kuyladilar.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining iqtidorli talabalari Alisher Navoiyva Bobur qalamiga mansub asarlardan parcha ijro etdilar.

Faol ishtirok etgan filolog va talabalarga muzey tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shohsanam NISHONOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti