Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

55

O‘zbekiston davlat filarmoniyasida Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Xuquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Mudofaa vazirligi ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo‘limi, Toshkent shahar narkologiya dispanseri, Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari ishtrok etdilar.

Jamiyatimizda tobora ildiz otib borayotgan illatlar hamda ularni qanday bartaraf qilish to‘g‘risida, “Diniy ekstrimizm va terrorizmning tinchlik va barqarorlikka ta’siri” va “Oiladagi munosabatlarda o‘zaro hurmatning o‘rni hamda oilaviy ziddiyatlarning salbiy oqibatlari” kabi mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Nazima Mamatova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti