Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi

7

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar boshliqlari va mansabdor shaxslarning vakolatlari” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi Dilshod Boyqo‘ziev yangi qabul qilingan qaror va qonunlar yuzasidan tushuntirish berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Yuridik sohadagi muammolar tahlil qilindi.

—O‘tkazilgan anjuman qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘ldi. Savollarimizga mutaxassisilar tomonidan javob oldik. Muammolarga echim topdik. O‘ylaymanki, bu kabi ilmiy-anjumanlar soha rivojiga katta hissa qo‘shadi, — deydi mayor Umidjon Hasanov.

Anjumandan so‘ng harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi.

Shohsanam NIShONOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti