Harbiy xizmatchilar o‘quvchi-yoshlar bilan vatan tuyg‘usi haqida suhbatlashdilar

7

Toshkent harbiy okrugiga qarashli safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni harbiy xizmatchilari va Chirchiq shahridagi 11-sonli umumta’lim maktab o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar yurtga mehr-muhabbat, sodiqlik, vatan oldidagi burch va majburiyatlar haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq va she’rlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga harbiy qism qo‘monligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati