Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida Faxriylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

8

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faxriylariga diplom va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi faxriylari, shuningdek umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.

Bugungi kunda faxriylar yosh avlodni vatanparvarlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda faol qatnashmoqdalar, harbiy ta’limga ham salmoqli hissa qo‘shmoqdalar. So‘nggi yillarda faxriylar ishtirokida ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi faxriylari doimo hurmatda. Shu sababli, Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan bir guruh faxriylar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Iste’fodagi ofitserlar Shavkat Achilov va Abubakir Navro‘zov, zalda bo‘lganlar singari, ko‘p yillar davomida Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilib kelmoqdalar. O‘tgan yillar mobaynida onlab shogirdlarni tayyorladilar.

«Bizning mehnatlarimiz shunchalik qadrlangani uchun Mudofaa vazirligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman, – deydi Abubakir Navro‘zov, – bu bizga yanada kuch bag‘ishlaydi va biz o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda kuch va g‘ayratimizni ayamaymiz. Tadbir muzey bo‘ylab ekskursiya va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli san’atkorlarining chiqishlari bilan yakunlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti