Harbiy uchuvchilar ayyomni ulkan yutuqlar bilan kutib olishdi

103

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Harbiy faxriylar va harbiy xizmatchilar ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar oxirgi yillarda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarini yanada takomillashtirish, harbiy uchuvchilarning professionallik darajasini oshirish, aviatsiya hamkorligidagi dala-o‘quv mashg‘ulotlarini real vaziyatlarga yaqinlashtirgan holda olib borish va uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha samarali ishlar qilinganini ta’kidlashdi.

Shu kuni bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tatanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida kulgi san’ati ustalarining badiiy chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mavjuda ALMANOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti