Markaziy harbiy okrugda bayram tantanasi o‘tkazildi

30

Bugun, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi garnizonlarda bayram tantanalari o‘tkazildi.

Dastlab, okrug qo‘mondonligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda faxriylar tomonidan Samarqand shahridagi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Shundan so‘ng, harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Unda minglab yoshlar ko‘z o‘ngida jangovar texnikalar va harbiy xizmatchilar saf bo‘lib o‘tishdi. Ko‘ksaroy maydonida qurol-aslaha va kiyim-kechak, harbiy jihozlar ko‘rgazmasi, yigit-qizlar uchun esa marafon tashkil etildi.

Shundan so‘ng, bir guruh harbiylarga viloyat hokimi, okrug qo‘mondonining esdalik sovg‘alari, harbiy unvonlar, medal hamda Faxriy yorliqlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati