Kattaqo‘rg‘on garnizonida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

1

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida bayrami tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Kattaqo‘rg‘on shahar xokimi va barcha jamoat tashkilotlarining raxbarlari, Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar fahriylari va ishchi xizmatchilar, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bir guruh harbiy xizmatchilar va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, fahriylar hamda ishchi xizmatchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Samarqand viloyati va Kattaqo‘rg‘on shahri madaniyat xodimlari hamda harbiy qism shaxsiy tarkibining bayramona kontsert dasturi tadbirga yanada o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti