Farg‘ona viloyatida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlandi

19

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami Farg‘ona shahridagi I.Karimov nomidagi san’at va teatr konsert saroyida tantanali tarzda nishonlandi.

O‘tkazilgan tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyatning barcha kuch tuzilmalari, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faxriylar ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, yil davomida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdan yuqori natijalarga erishgan, “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan bir guruh harbiy xizmatchilar viloyat hokimligi va okrug qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga yana bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri konsert dasturlari bilan davom etdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati