Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Vatanga qasamyod monumenti poyiga gulchambarlar qo‘ydi

2

Bugun, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi Markaziy apparati va qator tashkilot va muassasalarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan poytaxtimizdagi Vatanga qasamyod monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faxriy qorovul saf tortdi. Shundan so‘ng, harbiy orkestr sadolari ostida Mudofaa vazirligi Markaziy apparati, Qurolli Kuchlar Bosh Shtabi, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘monligi, Mudofaa vazirligi faxriylari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi, Markaziy harbiy klinik gospital vakillari hamda Muso al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar Ona-Vatani oldida ont ichayotgan o‘g‘lon timsoliga ehtirom bajo keltirdi.

Ushbu marosimni markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari tasvirga oldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti