Farg‘ona viloyatida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

1

Bugun, 14 yanvar kuni Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyatning barcha kuch tuzilmalari, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faxriylar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirda Farg‘ona garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlarning kuch tuzilmalar harbiy xizmatchilari tantanali saf bilan o‘tishdi.

Bayramga bag‘ishlangan konsert dasturi Farg‘ona shahridagi I.Karimov nomidagi san’at va teatr konsert saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

O'rtoqlashing
Oldingi yangilik“Vatanparvarlik” marafoni