Bayram tadbirida qahramon eslandi

1

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Unda xizmat burchini o‘tash chog‘ida xalok bo‘lgan Bahrom Irgashev xotirasi yodga olindi.
Tadbirda qahramonning oila a’zolari, shahardagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Bolalar musiqa va san’at maktabining orkestr jamoasi, shahar “Nuroniy” jamg‘armasi, “Vatanparvar” mahallasi vakillari, maktab o‘quvchilarining ota-onalari qatnashdilar.

Tantanali marosimda o‘quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar hamda B.Irgashev xotirasiga atalgan “Vatan sizni aslo unutmaydi” monologi mahorat bilan ijro etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti