Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi

22

Bugun, 13 yanvar kuni Toshkent harbiy okrugida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali kecha tashkil etildi.

Unda okrug qo‘shinlari qo‘mondoligi vakillari, faxriylar, Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri va ansambli, qator taniqli xonandalar, so‘z ustalari ishtirok etdi.

Tantanali marosimni okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov ochib berar ekan, barchani Vatan himoyachilari kuni hamda Toshkent harbiy okrugi tashkil topgan sana bilan muborakbod etdi.

So‘zga chiqqan faxriylar Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilishi, Toshkent harbiy okrugining ilk pallalaridagi jarayonlar haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Tadbir davomida okrug qo‘mondonligi tomonidan o‘tgan yil davomida yuqori natijalarga erishgan bir qator harbiy xizmatchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, bir qator harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr, “Navqiron” guruhi tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar yangrab o‘tdi. “Qahqaha” guruhining hazillari esa barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati