Harbiylar ishtirokida “Vatanparvarlik aksiyasi” o‘tkazildi

16

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi, tuman hokimligi, shuningdek keng jamoatchilik vakillarining hamkorlikdagi tashabbusi bilan “Vatanparvarlik aksiyasi” o‘tkazildi.

Harbiy texnikalar namoyishi, qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari bilan barchaning diqqat-e’tiborini tortgan mazkur tadbir 400 nafardan ortiq yoshlarni birlashtirdi.

Ayniqsa, Vatan posbonlarining chiqishlarini tomosha qilgan bolakaylarning quvonchini so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan harbiylarni ko‘rgan bu kichkintoylar kelajakda albatta harbiy bo‘laman deya yuraklariga tukkan bo‘lsalar ne ajab.

Tadbirning ikkinchi qismida jangovar-xizmat faoliyatida muvaffaqiyatga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan taqdirlandilar.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi shamoyish qilindi.

Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati