Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari ishtirokida “Biznes forum” bo‘lib o‘tdi

7

Markaziy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Biznes forum” bo‘lib o‘tdi.
Unda garnizondagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Tadbirda muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkor va blogerlar bilan tadbirkorlik va biznes haqida so‘z yuritildi.

“Baxmal korpus” MChJ rahbari, yosh tadbirkor Abdulla Bahromov o‘z faoliyati va muvaffaqiyat siri haqida, dastlab biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganida duch kelgan muammo va qiyinchiliklar haqida gapirib, yo‘l-yo‘riqlar berdi. Yoshlar tadbirkorlikni qanday boshlash kerak? Biznesdagi eng katta xatolar nimalardan iborat? G‘oyani qanday amalga oshirish kerak(?) kabi savollarga batafsil javob olishdi.

“O‘zbekiston biz yoshlar qo‘lida” U-Report loyihasi haqida ham harbiy xizmatchilar tushunchaga ega bo‘lishdi. “Biznes forum”da hududlarni ijtimoiy rivojlantirish markazi rahbari tomonidan tadbirkorlar va biznesmenlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Bundan tashqari yosh tadbirkor va blogerlar ham tadbirkorlik va biznes bo‘yicha o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati