Talabalar Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishdi

7

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari va o‘qituvchilari Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishdi.

Akademiya mas’ul ofitseri mayor Xolmuhammad Jo‘raboyev mehmonlarga bu yerdagi binolarning tarixi, joylashishi, yangi barpo etilgan inshootlar haqida gapirib berdi. O‘z navbatida akademiyaning kursantlari mehmonlarga ta’lim dargohi o‘tmishi va hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi haqida ma’ruzalar qilishdi.

Harbiy yo‘nalishdagi ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, jangovar qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, akademiya muzeyiga qilingan sayohat, kursantlar tomonidan namoyish etilgan turli chiqishlar Islom akademiyasi talabalarida unutilmas tassurot qoldirdi.

Ayniqsa 3-kurs kursantlari tomonidan faxriy qorovul chiqishlari va qo‘l jangi bo‘yicha namoyish etilgan mashqlarni Islom akademiyasi talabalari olqishlab turishdi.

Xalqaro Islom akademiyasi talabalari Qurolli Kuchlar akademiyasiga qilingan ekskursiya davomida o‘zlarini haqiqiy ma’noda Vatan himoyachilari sifatida his etishdi.

Chunki bu holat ularning O‘zbekiston bayrog‘i va #Islom Akademiyasi. #Vatanimga xizmat qilaman! xesh-tegi bilan tushgan esdalik suratida aks etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti