Kattaqo‘rg‘onda Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlanmoqda

17

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Kattaqo‘rg‘onda ham harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, artilleriyachilar harbiy qismi harbiy xizmatchilari Kattaqo‘rg‘on shahri va Payshanba tumanida harbiy texnikalar paradini o‘tkazishdi. Paygshanba tumani hokimligi oldida yoshlar uchun harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 dan ziyod fuqarolar ishtirok etdi.

Tuman ma’naviyat va ma’rifat markazida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi va unda namunali harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram arafasida Kattaqo‘rg‘on drama teatrida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlari o‘rtasida “Eng go‘zal raqs” va rasm chizish hamda musiqa asboblarida kuy ijro etish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti