Termiz davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

10

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Termiz davlat universitetida Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriylar kengashi a’zolari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilish tarixi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ijtimoiy himoya va boshqa yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari uchun universitetning quvnoqlar va zukkolar jamoasi tomonidan konsert dasturi, talaba qizlar tomonidan qo‘l jangi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda talaba va harbiylarning Vatanni madh etuvchi she’rlari tinglandi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchi talaba, harbiy xizmatchi va faxriylarga Termiz davlat universiteti rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti