Kattaqo‘rg‘onda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi hamda ijtimoiy himoya tadbirlari yuksak saviyada o‘tdi

9

Kattaqo‘rg‘on pedagogika kollejida shahar hokimi Muzaffar Hashimov va shahar jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda shahar yoshlari bilan birga artilleriyachilar harbiy qismining 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Vatan himoyachilari kunini yuksak saviyada o‘tkazish, yoshlar va harbiylar birdamligini ta’minlash va yoshlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi.

Shu kuni artilleriyachilar harbiy qismiga harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash maqsadida Samarqand harbiy gospitali hamda Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasidan 20 dan ortiq mutaxassis-shifokorlar tashrif buyurishdi.

Ular 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchining oila a’zolari, farzandlari uchun bepul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti