Harbiy faxriylar va yoshlar uchrashuvi

18

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashining faollar zalida Toshkent harbiy okrugi Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirga tashrif buyurgan bir guruh faxriylar yoshlar va Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalariga o‘z xizmat faoliyatlari, mas’uliyatli va sharafli xizmat yo‘llari, vatanparvarlik, Vatanga fidoyilik to‘g‘risida gapirib berishdi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga istefodagi harbiy faxriylardan atroflicha javob oldilar.

Tadbir so‘nggida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalarining sportchilari hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti