Askar onalari sharaflandi

7

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan “Askar onalarini sharaflaymiz” tadbiri yuzlab askar onalariga cheksiz shodlik ulashdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida o‘zgacha hurmat bilan kutib olingan mehmonlar sharafiga to‘kin dasturxon yozildi. So‘zga chiqqanlar, tadbirning mo‘’tabar mehmonlari sha’niga o‘zlarining iliq fikrlarini aytishdi, samimiy tilaklarini bildirishdi.

Askar onalariga taqdim qilingan esdalik sovg‘alar aytilgan ezgu fikrlarga hamohang bo‘ldi.
Tadbir davomida elimiz suygan san’atkorlarning konsert dasturi namoyish etildi. Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, bolajonlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

O‘n to‘rt nafar muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askarlarning kutilmaganda davraga kirib kelishi bayram tadbirining eng esda qolarli va hayajonli oni bo‘ldi. Yuraklar hapqirdi, ko‘zlardan sevinch yoshlari qo‘yildi.

Shu kuni tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti