«Mening armiyam – mening faxrim!» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

20

Bugun, 10-yanvar kuni Toshkent fotosuratlar uyida «Mening armiyam – mening faxrim!» ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov har yili 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda respublikamizda istiqomat qilayotgan erkin ijodkorlar o‘rtasida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ishtiroki va ko‘magida o‘tkazib kelinadi.

Tanlovda 56 nafar muallifning 255 dan ortiq ijodiy ishlari, fotosuratlar, Qurolli Kuchlar faxriylari portretlari, bannerlar, ko‘rgazmali-targ‘ibot vositalari kabi asarlar namunalari namoyish etildi.

Ko‘rik-tanlovda havaskorlar yo‘nalishi bo‘yicha quyidagilar g‘olib deb topildi:

• fotografiya, fotokollaj yo‘nalishi bo‘yicha – Jasur Jumayev;
• tasviriy san’at grafika, miniatyura yo‘nalishi bo‘yicha – Nizomjon Turabayev;
• ko‘rgazmali-targ‘ibot vositalari (plakat, banner, flayer) – Asilbek Radjabov.

Professional yo‘nalishda g‘olib bo‘lganlar:

• fotografiya, fotokollaj yo‘nalishi bo‘yicha – Islomjon Qo‘chqorov;
• tasviriy san’at grafika, miniatyura yo‘nalishi bo‘yicha – Xushnida Tursunova;
• ko‘rgazmaviy-targ‘ibot vositalari (plakat, banner, flayer) – Nozimaxon Rahimova.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi direktori Musallim Nuriddinov, faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari qatnashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti