Markaz targ‘ibot guruhi tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi

8

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida targ‘ibot guruhi tomonidan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rgazmali mashg‘ulotlatlar o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Samarqand davlat universitetida o‘tkazildi. Tadbirda targ‘ibot guruhi tomonidan universitet talabalariga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi va ular haqida ma’lumotlar berildi.

Yana bir targ‘ibot guruhi Samarqand shahridagi 32-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. O‘quvchilarga vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyish etildi. O‘quvchilar ham Vatan to‘g‘risidagi she’rlarini aytib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashdi.

“Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar armiya va xalq yakdilligini hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrullo O‘LMASOV, markaz press-attashesi