Turistlarga gullar, yoshlarga targ‘ibot materiallari – harbiy xizmatchilar Registon maydonida

12

Markaziy harbiy okrugga qarashli Samarqand shahridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalьoni harbiy xizmatchilari tomonidan “Registon” maydonida o‘zgacha tadbir o‘tkazildi.
Samarqand shahridagi “Registon” maydonida xorijlik sayyohlar va yoshlarga vatanparvarlik ruhidagi tarqatma materiallar va gullar ulashildi.


Milliy armiyamiz haqidagi o‘zgarishlar bilan qiziqqan yigitlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, harbiylar davlat transport vositalarida, aholi dam olish maskanlarida ham targ‘ibot va tashviqot tadbirini davom ettirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati