Termizda o‘tkazilgan vatanparvarlik festivalida 5000 ga yaqin yoshlar va harbiylar ishtirok etdi

28

Termiz shahrida Vatan himoyachilari kuni arafasida harbiy- vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.Festivalni Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Chori Begimqulov ochib berdi va bayram bilan voha ahlini tabrikladi.Shundan so‘ng, Janubiy operativ yo‘nalishi boshqaruv guruhi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Zufar Yusupov so‘zga chiqib, bayram bilan barcha yoshlarni tabriklab, festivalь rejasini o‘qib etkazdi.

Festivalda Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari saf qo‘shiqlari bilan Termiz ko‘chalari bo‘ylab Surxon yoshlari oldidan o‘tishdilar.

Shundan so‘ng harbiy qismlar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi sahna ko‘rinishlari, harbiy havaskor baxshilar chiqishlari yoshlarga e’tiboriga namoyish etildi.

Yoshlar harbiy qismlarda mavjud bo‘lgan zamonaviy texnika va qurol-yarog‘lar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir so‘ngida harbiy texnikalar saf tortib, Termiz shahri bo‘ylab parad uyushtirildi.

Festivalda 2000 ga yaqin uyushmagan yoshlar, 500 ga yaqin harbiylar, 1000 nafar mahalliy axoli, 1200 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti