Harbiylar ham sportda, ham oshpazlikda  mahoratlarini namoyish etishdi

7

Mudofaa vazirligi Toifalanagan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida “Kuch – birlikda” shiori ostida sport va oshpazlik musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalarda harbiy xizmatchilar oltita jamoaga bo‘linib, sportning futbol, arqon tortish va harbiylashtirilgan estafeta doirasida yugurish, o‘q otar qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish, pnevmatik quroldan o‘q otish, shaxsiy himoya vositalarini kiyish kabi bellashuvlarda ishtirok etdilar.

Bir vaqtning o‘zida ushbu jamoalarning boshqa vakillari o‘zbek milliy taomi oshni tayyorlash bo‘yicha ham musobaqada qatnashdilar.  Oltita jamoa olti turdagi oshni damlashga harakat qildi. Choyxona palov, to‘y oshi,  toshkentcha osh,  etti mo‘’jiza deb nomlangan oshlar damlanib,  dasturxonlar bezatildi.  Musobaqalar jarayonini Mudofaa vazirligi va qo‘mondonlik rahbar xodimlari kuzatib bordilar.

Qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yakubov barchaga ishtirok uchun minnatdorchilik bildirib, bunday musobaqalar eng avvalo, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini yaxshilashda, jamoani jisplashtirish va harbiy birodarlikni mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi va kelgusida bundanda yaxshi natijalarga erishishlarini tiladi.

Natijalarga ko‘ra, yakkalik va umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar faxriy yorliq, diplom, ko‘chma kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati