Harbiylarning oilalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

53

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, Fuqarolarga haqiqiy dalolatnoma yozish (FHDYo) bo‘limlari, bank va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirni Janubiy operativ yo‘nalish boshqaruv guruhi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha etakchi mutaxassis, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Hulkar Xurramova olib bordi.

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda oila madaniyati, farzand tarbiyasi, yoshlarning qiziqishlari kabi masalalar bo‘yicha gapirib, bu borada mavjud qaror va qonunlarning mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazishdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblarni oldilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti