Toshkent harbiy okrugi harbiy qismida sport musobaqalari o‘tkazildi

56

Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar, uyushmagan yoshlar, maktab va kollej o‘quvchilari ishtirokida Qomusimizning 27 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Musobaqa ishtirokchilari voleybol, tosh ko‘tarish, harbiylashtirilgan estafeta, qisqa va uzoq masofaga yugurish kabi sport turlari bo‘yicha jamoalarga bo‘linib, o‘zaro kuch sinashdi.
Ushbu musobaqalar yoshlarni o‘zaro birlashtira olishi, ularning hamfikr va hamjihatlikka, yakdilikka undashi bilan ham ahamiyatlidir.

G‘olib va sovrindorlar faxriy hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati