“Toʻmaris izdoshlari” gʻoliblari e’tirof etildi

0
1131

Mamlakatimizda harbiy xizmatchi ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻrni va rolini oshirish, isteʼdodlarini namoyon qilishlari boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi kuch tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi ayollar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida “Toʻmaris izdoshlari—2022” tanlovi oʻtkazilgan edi. Unda Mudofaa vazirligi jamoasi tengsiz ekanligini namoyon etgan holda, birinchi oʻringa munosib koʻrilgan edi.

Bugun Qurolli Kuchlar davlat muzeyida boʻlib oʻtgan tadbirda “Toʻmaris izdoshlari—2022” gʻoliblari taqdirlandi. Unda mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev musobaqa gʻoliblarini tashakkurnoma, qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan gʻoliblar uchun ajratilgan pul mukofotlarini oʻz egalariga topshirdi.

Shundan soʻng, mudofaa vazirining oʻrinbosari soʻzga chiqib, gʻoliblarni tabrikladi. Bu qizlarimiz afsonaviy Toʻmaris kabi oʻz vatanparvarligini namoyish etgan lobar, maftunkor, oqila harbiy xotin-qizlarimizdan ekanligini alohida taʼkidladi. 

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti