Yoshlar ittifoqi vakillari  va harbiylar jajji bolalarga cheksiz quvonch ulashishdi

1

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati va Zangiota tuman Kengashlari hamda Mudofaa vazirligiga qarashli maxsus avariya tiklash boshqarmasi bilan hamkordikda 3-dekabrь – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi 30-sonli maxsus ixtisoslashtirilgan nogironlar maktabgacha taьlim muassasasiga tashrif uyushtirildi.

Tashrif doirasida bolajonlarga ajoyib sovg‘alar ulashildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bolalarning quvonchiga sherik bo‘lib, ularga ezgu tilaklarini bildirishdi.

Harbiylar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar jajji qalblarga ko‘tarinkilik baxsh etib, kelajak orzulariga qanot bag‘ishladi. Bolalar tomnidan she’rlar o‘qilib, turli ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi tashkilotchilari va harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan bunday ezgu ishlar bardavom bo‘lib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga chorlab qolmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti