Urganch “Temurbeklar maktabi”da insholar tanlovi o‘tkazildi

1

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Urganch “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan  «Konstitutsiya – oliy qomusimiz!» mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Unda litseyning  1-2 kurs o‘quvchilari ishtirok etdi.

–       Bosh qomusimizda keltirilgan qoidalarni uqtirish, uning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushuntirishga doir turli to‘garaklarni tez-tez tashkil qilib turish orqali yosh avlodning huquqiy savodxonligini yanada oshirib borish bugungi kunning muhim talabidir, – deydi to‘garak rahbari Gulnoza Sapaeva. – Xususan, mazkur tanlov ana shunday maqsadlar sirasiga kiradi.

Tanlov so‘ngida g‘oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari hamda maqtov yorliqlari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti