Bodi-kameralar bilan ishlash qachondan boshlab amalga oshiriladi?

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 2018 yil 1 dekabrda “Yo‘l-patrulь xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi qarorini chiqargan edi.

Mazkur qarorga asosan, yo‘l patrulь xizmati xodimi o‘z xizmat vazifalarini mobilь videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi belgilandi.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4075-sonli qarorida aynan shu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda ularning ijrochilari, bu ishga mas’ullar, bajarish muddatlari belgilab berilgan.

Shunga binoan, bugungi kunda yo‘l-patrul xizmati xodimlari bodi-kameralar bilan ta’minlanib, uni faollik bilan sinovdan o‘tkazmoqda.

Jumladan, Mudofaa vazirligi harbiy avtomobilь nazorati xodimlari ham ana shunday kameralarda xizmat vazifalarini bajarishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l-patrulь xizmati xodimlari 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab bodi-kameralar bilan faoliyat olib boradi.

Islomjon QO‘ChQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti