
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samaraqand viloyati tashabbusi bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Madrlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida insholar tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazildi.
Tanlovni shaffoflik bilan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Samaraqand viloyati harbiy kengashi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtiruv bo‘limi boshlig‘i kapitan X.G‘oziev taklif etildi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan harbiy xizmatchilarga keyingi bosqichlarga yo‘llanmalar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning tuman bosqichida 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 21 nafar harbiy xizmatchiga keyingi bosqich uchun yo‘llanma beriladi.
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar
Xayrullo O‘LMASOV, markaz press-attashesi
Xatolik haqida ogohlantirish
Ushbu matn tekshirish uchun muallifga yuboriladi: