Kattaqo‘rg‘on poligonida o‘tkazilgan mashg‘ulotda o‘quvchilar ishtirok etdi

1

Markaziy harbiy okrugga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Unda Kattaqo‘rg‘on shahridagi bir qator umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdi.

Xususan, «Temurbek vorislari» sinf o‘quvchilari u erda tashkil etilgan harbiy mashg‘ulotlar hamda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Aytib o‘tish joiz, «Kattaqo‘rg‘on» poligoni hududi va salmog‘i jihatidan respublikamizdagi eng katta dala-o‘quv maydoni hisoblanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O'rtoqlashing
Oldingi yangilikBolajonlarga quvonch ulashildi