“Regbi – 15”: Toshkent harbiy okrugi jamoasi ketma-ket g‘alaba qozonmoqda

1

Kecha, 29 noyabr kuni “Regbi – 15” sport turi bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ochiq chempionatiga start berildi.

Mazkur chempionatda Mudofaa vazirligi harbiy okruglari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi, shuningdek, kuch tuzilmalarining jami  12 ta jamoalsi o‘zaro bellashmoqda.

Toshkent harbiy okrugining “Lochin” jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi ustidan 39:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Markaziy harbiy okrug jamoasi bilan kechgan bahslarda 29:6 hisobida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Chempionlik uchun qizg‘in kechayotgan bahslar joriy yilning 4 dekabrь kunigacha davom etadi va g‘oliblar aniqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shu kungacha Toshkent harbiy okrugi Regbi jamoasi O‘zbekiston chempionligini o‘zida saqlab kelmoqda.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati